"Jadidlar izidan "
Jadidlar — xalqimizning ma’rifatli, bilimli va ozod bo‘lishi uchun kurashgan buyuk insonlardir. Ular XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yurtimizda ilm-fan, ta’lim va madaniyatni rivojlantirishga katta hissa qo‘shganlar.
Qo'rg'ontepa tuman axborot-kutubxona markazida "Jadidlar izidan " nomli kitob ko'rgazmasi chiqarildi. Ko'rgazmada o'quvchilarga jadidlar hayoti, ijod namunalari haqida to'liq tushunchalar berildi.
Jadidlar merosi biz uchun katta maktabdir. Ularning hayoti va faoliyatidan o‘rnak olib, Vatanimizni sevishimiz, milliy qadriyatlarimizni asrashimiz va kelajak uchun munosib inson bo‘lib yetishishimiz lozim. Jadidlar izidan borish — ilm, ma’rifat va ezgulik sari intilish demakdir.



Ijtimoiy tarmoqlarga a'zo bo'ling!
Yangiliklar va xabarlardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling